«Khantex-group» korxonasi Andijonning Qörğontepa tumani klasteriga zamonaviy, hosilni terib-buntlovçi paxta kombaynlarini olib keldi.

Ma'lumki, klaster usuliga Özbekiston paxtaçiligining kelajagi sifatida qaralmoqda. Mamlakatimizning köplab tumanlarida klasterlar taşkil qilingani bunga yaqqol misol böla oladi.

Paxtani yetiştirişdan tortib, undan tayyor mahsulot işlab çiqarişgaça bölgan bosqiçlarni öz içiga qamrab olgan mazkur usul Andijon viloyatining ikki – Qörğontepa va Baliqçi tumanlarida ham amalga oşirilmoqda.

Qörğontepa tumanidagi 8168 gektar paxta maydonida «Khantex-group» tomonidan zamonaviy va energiya tejamkor texnologik uskunalar asosida klas­ter usulida sifatli trikotaj mahsulotlari işlab çiqariş yölga qöyilmoqda.

«Khantex-group» korxonasi paxta hosilini sifatli terib oliş maqsadida klasterga zamonaviy texnologiyalarni olib keldi.

30 sentabr kuni Qörğontepa tuman paxta dalalarida Amerikaning «John Deere CP690» rusumli kombaynlari sinov terimini ötkazdi.

Mazkur paxta terim kombaynlari hosilni teriş bilan birgalikda qadoqlab, ya'ni bunt holatida keltirişi juda ahamiyatlidir. Samaradorligi yuqori bölgan zamonaviy kombaynlar paxta terimini samarali va tez yiğib olişga yordam beradi.

«Khantex-group» korxonasi öz klasteriga «CASE» rusumli paxta teruvçi kombaynlarini olib kelgan bölib, tez kunlarda bu agregat ham test terimiga tuşadi.

«KUN.UZ» tez kunlarda zamonaviy agregatlarning işlaş jarayoni haqidagi videolavhalarni tayyorlaşni rejalaştirgan.