Farğona viloyatining Beşariq tumanida yaşagan, onasi tomonidan fohişalik bilan şuğullanişga doimiy tarzda majburlangan, keyinçalik abort qildirilgan yettinçi sinf öquvçisi bölgan qiz Qöqon şahridagi maxsus maktab-internatga yuborildi, deb xabar qilmoqda OAV.
Farğona viloyati hokimi örinbosari Sayyora Alimovaning sözlariga köra, voyaga yetmagan qizga nisbatan jinoyat sodir etişda aybdor bölgan barça şaxslar tegişli jazoga tortildi.
«Jinoiy işlar böyiça Beşariq tuman sudi özining voyaga yetmagan qizini pul uçun fohişalik bilan şuğullanişga majburlagan Feruza Davronovani ön yarim yilga ozodlikdan mahrum qildi. «Çorboğturonil» qişloğida yaşagan Şerzod Balibekov, Jasur Ergaşev va Ergaşali Sulaymonov sud tomonidan qizçani zörlaşda aybdor deb topildi va har biri 12 yilga qamaldi», - deya ta'kidlab ötgan viloyat ma'muriyati amaldori.
Uning sözlariga köra, zörlaş qurboniga aylangan yettinçi sinf öquvçisi bilan ruhşunos işlagan. Şundan söng qizça Farğona viloyati hokimi örinbosari Sayyora Alimova yordamida Qöqon şahridagi maxsus maktab-internatga joylaştirildi.
«Sud qarori 27 sentabrdan kuçga kirdi. U bir oy muqaddam, 27 avgust kuni çiqarilgan. 30 kunlik apellyatsion muddat yakunlandi. Barça tört nafar jinoyatçi jazoni ijro etiş muassasalariga yuborildi», - deya aytib ötdi tuman sudi vakili.
Eslatib ötamiz, avvalroq Boş prokuratura Surxondaryoda zörlanib, öldirilgan 11 yoşli qizça bilan boğliq hodisa haqida yangi tafsilotlarni ma'lum qilgandi.
















