2018 yilning 3 oktabr kuni Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Sessiyada taşkiliy masala körildi. 2018 yilning aprel oyidan Özbekiston avtomobil transporti agentligi rahbarining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgan Rahmonbek Jahongiroviç Usmonov Yunusobod tumani hokimi etib tayinlandi.
Ma'lumot uçun: Rahmonbek Usmonov 1960 yil Toşkent şahrida tuğilgan. Millati özbek. Ma'lumoti oliy. 1982 yil Toşkent avtomobil yöllari institutini tamomlagan. «Mehnat şuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.
2012–2018-yillarda Toşkent şahar hokimi bölib işlagan. 2018 yil aprel oyidan şu kunga qadar - Özbekiston avtomobil transporti agentligi rahbarining birinçi örinbosari.
Eslatib ötamiz, 11 sentabr kuni Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov katta miqdordagi pora bilan qölga olingani xabar qilindi.
Manbaning ma'lum qilişiça, B.Abdusamatov investorga joy taqdim etiş maqsadida 400 ming AQŞ dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida olayotgan vaqtida uşlangan.
Joriy yilning iyul oyi örtalarida Toşkent şahrining sobiq hokimi Rahmonbek Usmonov qölga olingani haqida turli xabarlar tarqalgandi.
Biroq, Boş prokuratura matbuot xizmati «Kun.uz» muxbiri bilan suhbatda sobiq hokim ustidan jinoiy iş oçilgani hamda bir qator ayblovlar bilan unga nisbatan tergov harakatlari boşlangani haqida internetda tarqalgan ma'lumotni rad etdi.

















