Akademik M.F.Reşetnev nomidagi Sibir davlat Ilm-fan va texnologiyalar universiteti (SibGU) tadqiqotçilari tez tayyorlanuvçi lağmon tarkibini örganib çiqişdi va uning zararli xususiyatlarini baholaşdi. Tadqiqot universitet saytida e'lon qilingan.
Tadqiqotda aytilişiça, lağmon tarkibida buğdoy uni, palma yoği, karbonat va natriy polifosfati mavjud. Olimlarning sözlariga köra, bu tarkibiy qismlardan ba'zilari organizmga foyda keltirmaydi, ammo örtaça miqdorda iste'mol qilingan taqdirda zarar ham yetkazmaydi.
«Lağmon tarkibida turli moddalar hozirgi miqdorda bölsa, ular organizmga zarar bermaydi. Biroq, har kuni faqatgina uni [lağmon] iste'mol qiliş tavsiya etilmaydi, çunki unda oqsillar va yoğ miqdori yetarli emas», - deya xulosa qilgan SibGU dotsenti Yelena Semiçenko.

















