Ijtimoiy tarmoqlarda özini “Toşşahartransxizmat” xodimi deb taniştirgan ayol va avtobus bekatida töxtab yölovçi oliş bilan şuğullanadigan “Damas” haydovçisi örtasida yuzaga kelgan mojaro tasvirlangan videoyozuv tarqaldi.

Ayolning sözlariga köra, u videolavhani “Buyuk ipak yöli” avtobus bekatida tasvirga olgan. Tasvirda bekatda yölovçi olayotgan “Damas” avtomobili va uning haydovçisi namoyon böladi. Ayol haydovçini ilgari ham ogohlantirganini aytadi va haydovçi unga telefonini olib qöyişini aytib tahdid qiladi. Söngra maşina bekatni tark etadi. Uning ortidan boşqa bir “Damas” avtomobili kelib töxtaydi. 

Ayol haydovçiga avtobus bekatida maşinani töxtatiş mumkin emasligini aytadi. Haydovçi uning telefonda videoga olişiga e'tiroz bildiradi hamda ayolning ortidan kelib turtib yuboradi. Orada mojaroga militsiya xodimi kelib aralaşib, ularni ajratib qöyadi va voqea joyidan ğoyib böladi.

Şundan söng ham asabiylaşgan haydovçi ayolga tahdid qilib, uni qöpol sözlar bilan haqorat qiladi va ayolning telefonini tortib olişga harakat qiladi.

Ayol odamlardan yordam sörab qiçqiradi va atrofda şunça odam turganiga qaramasdan birortasi unga yordam berişga harakat qilmaganidan hayratdaligini aytadi.

Youtube'da köriş

Facebook'da köriş

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Matiz” avtomobili haydovçisining jamoat transporti bekatida töxtab turib, avtobuslar harakati uçun muammolar keltirib çiqargani tasvirlangan video e'lon qilingan va unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 128-6- (Transport vositalari haydovçilarining töxtaş yoki töxtab turiş qoidalarini buzişi) va 135-moddasi (Yöl harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bölmagan şaxslarning transport vositalarini boşqarişi) bilan bayonnoma rasmiylaştirilgani xabar qilingandi.