Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev 5 oktabr kuni respublika xalqiga yöllagan murojaatida mamlakatning eksport salohiyatiga töxtaldi.
«Eksportga yönaltirilgan sanoatlaştiriş iqtisodiy siyosatning asosiy elementi bölişi kerak. Hukumat, birinçi navbatda, işlab çiqariş sohasida eksportçilarni qöllab-quvvatlaşga e'tibor qaratişi lozim. Bizning savdo siyosatimiz tişsiz qolmasligi kerak. Mahsulotni mintaqaviy global bozorlarga çiqarişga harakat qiliş, unga faol xarakter beriş lozim. Şu bilan birga, biz korxonalarga xalq iste'mol tovarlari keng doirasini özlaştirişga, oddiy narsalar, deb ataluvçi iqtisodiyotini rivojlantirişga yordam berişimiz kerak», - dedi davlat rahbari.
«Atrofimizda nimalar yuz berayotganiga bir qarang. Belarus öz işlab çiqaruvçilarini qanday himoya qilmoqda. Qirğizistonga barça yöllarni tösib qöyganimizda nima sodir böldi? Ular kuraşişdi. Biznikilar jim, heç kim bilan bahslaşmaydi ham. Yuqori rahbariyatgina kim bilandir munozaraga kirişişiga örganib qolişgan. Har kim öz majburiyatini bajarişi va bizning biznesni himoya qilişi hamda uni uçinçi mamlakatlar bozoriga ötişiga yordam berişi şart. Bu nafaqat eksport salohiyatini röyobga çiqariş nuqtai nazaridan, balki içki bozorni mahalliy mahsulotlar bilan töldirişda ham muhim ahamiyatga ega», - dedi Nazarboyev.
Uning sözlariga köra, Qozoğistonga xalq iste'mol tovarlari bilan şuğullaniş vaqti keldi.
«Biz unutdik va ötkazib yubordik. Mana, agar bu yerda ötirganlardan barça xorijiy kiyimlarni olib taşlasangiz, yalanğoç bölib qolasizlar. Bizdagilar kostyumlar ham, köylaklar ham işlab çiqarişi mumkin. Ularni qöllab-quvvatlaş kerak. Bugun biz öz mahsulotimizni qöllab-quvvatlaşimiz kerak. Men sizlarga körsatgandim: xorijnikidan kam bölmagan va ön barobar arzon narxga ega, özimizning işlab çiqaruvçilarimiz kostyumlarini kiyib yuraman. Qozoğistonliklar boy bölib qoldi, ular narxlarga ham qaramay qöyişdi», - deya ma'lum qildi prezident.
Eslatib ötamiz, avvalroq Nazarboyev poraxör mansabdorlarni qölga oliş haqida MXQga körsatma bergandi.













