Prezident Nursulton Nazarboyev Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasiga korrupsiyaga aralaşib qolgan mansabdorlarni qölga oliş haqida topşiriq berdi, deya xabar qiladi Tengrinews.kz. 

«Bugungi kunda rahbarlar hujjatni imzolaşdan qörqişadi. Ertaga kelib, ularga bosim ötkazişadi. Yana qörqitişadi: «Men senga körsatib qöyaman!» Men MXQga bunday mansabdorlarni uşlaş va jinoiy iş oçiş haqida topşiriq beraman. Kim özi bunday huquq berdi?» - degan Nazarboyev.  

Eslatib ötamiz, Nazarboyev Oqörda qarorgohida Qozoğiston xalqiga murojaat bilan çiqdi. Murojaat mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning dolzarb masalalariga hamda qozoğistonliklar farovonligini yanada oşiriş böyiça vazifalarga qaratilgan.

Nazarboyev 1 sentabr kuni parlament palatalarining qöşma yiğilişida xalqqa murojaat bilan çiqişi haqida xabar bergandi.
 
«Biz sizlar bilan juda qizğin vaqtda yaşayapmiz. Aniqroq çoralar körişimiz kerak. Bu mening yaqin vaqt içida xalqqa murojaatimda aytiladi», - degandi Nursulton Nazarboyev hukumat a'zolari va deputatlarga.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda ham sönggi paytlarda korrupsiyaga aralaşib qolgan mansabdor şaxslarga qarşi kuraş keng quloç yozdi. 

Avvaliga, Samarqand viloyatiga rahbarlik qilgan Turobjon Jörayev pora bilan qölga tuşdi. Şundan söng, Toşkent şahrining Yunusobod tumani hokimi, Andijon şahar hokimligi boş mutaxassisi, «Özbekiston poçtasi»ning Samarqand filiali rahbari, Qaşqadaryo viloyati Muborak tumani hokimi yordamçisi va tuman moliya bölimi rahbari