O‘g‘rilikni Alloh Taolo o‘z muqaddas kitobi Qur'oni Karimda qoralagan va uning ulkan gunoh ekanligini aytgan. Moida surasining 38 oyatida «O‘g‘ri erkak va o‘g‘ri ayolning qilmishlariga yarasha jazo va Allohdan azob sifatida qo‘llarini kesinglar! Alloh qudrat va hikmat egasidir», - deyilgan.

O‘g‘rilik tubanlikning bir ko‘rinishi. U har qaysi zamon va makonda eng yomon illat sifatida izohlangan. Birovning mulkiga ko‘z olaytirish va unga yashirincha ega chiqish - razillikdan boshqa narsa emas. Mehnat bilan erishib tanovul qilgan bir ushoq noningizning mazasi, o‘g‘rilik qilib yegan dunyodagi eng tansiq taomlardan yaxshiroq. 

Imom Ismoil al-Buxoriy o‘z asarida o‘g‘rilik qilayotgan shaxs aynan shu vaqtda imondan chiqadi, mo‘min bo‘lmaydi deb aytganlar. Demak, mabodo shu jarayonda joni chiqib ketsa, Alloh saqlasin, imonsiz ketish hech gap emas. O‘lim va hayot orasi esa bir qadam. Lekin shunga qaramay oramizda birovning haqidan qo‘rqmas kimsalar ham topiladi. 

Ko‘pchilikka ma'lum, KUN.UZ tahririyati tomonidan qiynalgan insonlarga yordam berish uchun xayriya aksiyalari uyushtirib kelinadi. Yaxshilardan Yaratganning o‘zi rozi bo‘lsin – ular muhtoj insonlardan yordamini ayashmaydi. Ba'zi yaxshilarimiz kelib ataganlarini bemorlarimizning qo‘llariga tutqazadi. Ba'zilari esa o‘z plastik kartalaridan bemorning kartasiga pul mablag‘laridan o‘tkazib, ularning ehtiyojini chiqarishadi. 

Mover'da ko‘rish

YouTube'da ko‘rish

Facebook'da ko‘rish

Ammo orada shunday voqealar ham bo‘lib turadiki, guvohi bo‘lgan kimsaning tili lol, o‘zi behol bo‘lib qoladi. Chunki ular ana shunday bemorlarning ayrimlaridan pul o‘g‘irlashdi. Ushbu xayriya aksiyalari «