Ijtimoiy tarmoqlarda özini “Toşşahartransxizmat” xodimi deb taniştirgan ayol va avtobus bekatida töxtab yölovçi oliş bilan şuğullanadigan “Damas” haydovçisi örtasida yuzaga kelgan mojaro tasvirlangan videoyozuv tarqalgandi.
Ayol haydovçiga avtobus bekatida maşinani töxtatiş mumkin emasligini aytadi. Haydovçi uning telefonda videoga olişiga e'tiroz bildiradi hamda ayolning ortidan kelib turtib yuboradi. Orada mojaroga militsiya xodimi kelib aralaşib, ularni ajratib qöyadi va voqea joyidan ketadi.
Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasining ma'lum qilişiça, "Damas" haydovçisiga Mirzo Uluğbek tumani ma'muriy sudi tomonidan uç sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan, şuningdek, u 368 ming sömlik jarimaga tortilgan.


IIBBning qayd etişiça, içki işlar xodimi metropolitendagi postda xizmat olib borgan, u yöriqnomada belgilangan tartibda iş körgan. U postni taşlab, tartibni saqlaş uçun çoralar körgani aytiladi: xodim yaqin oradagi patrul-post xizmati naryadini çaqirgan. Şundan söng xodim postga qaytib ketgan.
Afsuski, şu voqeani körib turgan biror erkak na haydovçiga tanbeh berdi, na ayolni tinçlantirdi. Yurtdoşlarimizning fuqarolik burçiga munosabati şunaqa, deyiladi IIBB xabarida.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Matiz” avtomobili haydovçisining jamoat transporti bekatida töxtab turib, avtobuslar harakati uçun muammolar keltirib çiqargani tasvirlangan video












