Çeçeniston Respublikasi rahbari Ramzon Qodirov metroda yonida ötirgan yölovçiga banka otgan noma'lum yigitning xatti-harakatlariga keskin munosabat bildirdi.
Internetda paydo bölgan videoda şaxsi aniqlanmagan yoş yigit energetik içimlik bankasini yonida ötirgan odamga qarata otişi tasvirlangan. Şu bilan birga, uşbu şaxs şunday degan: «Axmat - kuç». Bildirilişiça, yigit Çeçeniston rahbariga aloqador bölgan sport klubini nazarda tutgan.
Qodirov özining telegram-kanalida bu yigitga ultimatum qöydi: öz yaqinlari bilan darhol Grozniyga yetib keliş. Şuningdek, Çeçeniston rahbarining qöşimça qilişiça, bu harakat öziga juda yomon ta'sir qilgan.
«Bugun men juda ham ğazabdaman», - deb yozadi siyosatçi. Uning qöşimça qilişiça, videoning muallifida bu talabni bajariş uçun bir neça soat vaqti bor, aks holda u juda afsuslanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qodirov Timati va Nurmagomedov mojarosi sabab videomurojaat bilan çiqqandi.













