6 oktabr kuni «Kun.uz»ga Qoraqalpoğiston Respublikasi Kegeyli tumanidan majburiy mehnat masalasi böyiça murojaat kelib tuşdi. Unda tuman xalq ta'limi mudirasi bir neça maktab öqituvçilarini paxta terişga majbur qilayotgani aytilgandi. 

Tahririyat uşbu holat böyiça zudlik bilan Boş prokuratura matbuot xizmatiga boğlandi. Tegişli bölimlar tomonidan ma'lumot tekşirildi va rostdan ham şunday holat yuz berayotgani aniqlandi. 

Kegeyli tuman prokuraturasi tomonidan uşbu işda javobgar bölganlar - tuman hokimining yoşlar masalalari böyiça örinbosari K.Bekimbetov va xalq ta'limi tuman bölimi mudirasi A.Allaniyazovaga tegişli jazo berildi. Ularga ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismi bilan eng kam iş haqining 3 barobari miqdorida (552 ming 900 söm) ma'muriy jarima qöllangan.

Eslatib ötamiz, agar şunday holatlar yuzaga kelsa, birinçi navbatda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tuman inspeksiyalariga murojaat qiling. Ayni damda vazirlikning +998712000600 raqami işlab turibdi. 

Bundan taşqari, Boş prokuratura ham mazkur masala bilan jiddiy şuğullanişga harakat qilmoqda. Uşbu muassasaga ham 1007 raqamiga qönğiroq qiliş orqali muammoni tuşuntiriş mumkin. Şuningdek, Kasaba uyuşmalarining 1092 raqamiga ham boğlaniş mumkin. Şu bilan birgalikda, «Kun.uz» tahririyati ham şunday vaziyatlarda hamkorlik qilişga tayyor.