Bugun, 11 oktabr kuni «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasining anjumanlar zalida Özbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Armaniston, Ozarboyjon va Belarus respublikalarining mudofaa idoralari rahbarlari bilan alohida, ikki tomonlama uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot xizmati ma'lum qilmoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi Axborot xizmati

Uçraşuv davomida tomonlar mudofaa va harbiy ta'lim sohasida hozirgi kunda olib borilayotgan hamkorlik hamda uning istiqbollariga oid masalalarni muhokama qildi, harbiy texnika yönalişida özaro manfaatli aloqalarni mustahkamlaş borasida fikr almaşdilar.

Ozarboyjon va Belarus respublikalarining mudofaa vazirlari bilan bölib ötgan uçraşuv yakunida 2019 yil davomida Özbekiston mudofaa vazirligi bilan harbiy hamkorlik töğrisidagi ikki tomonlama rejalar imzolandi.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi Axborot xizmati

Özbekiston va Belarus respublikalarining Mudofaa vazirliklari örtasidagi ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasidan Özbekiston Mudofaa vazirligi rahbariyatining Belarusga rasmiy taşriflari, kelgusida ham harbiy topografiya, geodeziya, kartografiya va navigatsiya sohalarida hamkorlikni davom ettiriş, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlaş masalalari örin olgan. Şuningdek, Özbekiston hududida Belarus bilan qöşma maşğulotlarini ötkaziş rejalaştirilgan.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot xizmati