Kun.Uz saytida e'lon qilingan maqolada bildirilgan qonunbuzarliklar öz tasdiğini topdi. Yoritilgan muammolarni örganiş jarayonida qonunbuzarliklar aniqlangan va Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan jinoiy iş qözğatilgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi Uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraş boşqarmasi boşliği Kozim Koziyev Kun.Uz muxbiriga ma'lum qildi.
Uning bildirişiça, viloyatning Navbahor tumanidagi “Sarmiş” xöjaligi mulklarini auksion orqali tadbirkorlarga sotişda yöl qöyilgan qonunbuzarliklar, şunga doir maqola e'lon qilinganidan söng, jiddiy tarzda örganib çiqilgan hamda ÖzR Jinoyat kodeksining 205-moddasi, ya'ni hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş böyiça jinoiy iş qözğatilgan.
Koziyevga köra, ayni vaqtda mazkur jinoiy iş yuzasidan tergov işlari davom etmoqda. Şu munosabat bilan auksionda öz huquqlari poymol etilgan, deb hisoblovçi tadbirkorlar ariza bilan viloyat prokuraturasi tegişli bölimiga murojaat qilişlari mumkin böladi.
Eslatib ötamiz, ÖzR Jinoiy-protsessual kodeksi 322-moddasi, 3-bandiga muvofiq, ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar ham jinoiy iş qözğatişga sabab va asos bölişi belgilangan. Şu yilning 1 avgustida “Sarmiş”ning 15 mingdan ortiq qöyi qayoqqa ğoyib böldi?” sarlavhali tanqidiy maqola e'lon qilingan edi.













