Havaskor boksda jahon çempionati sovrindori, Osiyo çempioni hisoblangan Elnur Abduraimov 19 oktabr kuni tongda AQŞda professional boksdagi ikkinçi jangini ötkazadi. Bu haqda Milliy olimpiya qömitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ikkinçi jangda unga amerikalik Xose Salinas raqiblik qiladi.

Ma'lumot uçun, şu yilning bahorida professional boksga ötgan Elnur Abduraimov 30 sentabr kuni prof ringdagi debyutini ötkazgan va ilk jangda amerikalik Aron Xollinsni nokautga uçratgandi.

Navbatdagi raqib, 20 yoşli Salinas esa professional boksda 6 marta ringga çiqib, ularning barçasida ğalaba qozongan. Uçta jangda raqiblarini muddatidan oldin mağlub etgan.

Uşbu jangga AQŞning Kaliforniya ştati Indio şahridagi «Fantasy Springs Casino» arenasi mezbonlik qiladi.