KUN.UZ “Soğlom hayot” loyihasi orqali bugungi kunda odamlar orasida eng köp uçrayotgan kasalliklar töğrisida ma'lumot berişda davom etadi. Kunlar soviy boşlagani sari yuqumli kasalliklar avj oladi. Ana şunday dardlardan biri - meningit. Xöş, meningit qanday kasallik? Kelib çiqiş sabablari, yuqiş yöllari va davolaniş usullari nimalardan iborat? Uşbu kasallikka çalinmaslik uçun qanday jihatlarga e'tibor beriş kerak? Professor, nevrolog Baxtiyor Ğafurov bilan mazkur mavzuda suhbatlaşdik.

Meningit qanday kasallik?

Meningit – miya pardalarining ötkir yalliğlanişi bilan keçadigan yuqumli kasallik. Meningitning oğir turlari bolalik davrida köp kuzatiladi. Katta yoşdagilarda meningit kam uçraydi va biroz yengil keçadi. Kasallik mavsumiyligi va epidemiyalarning yillik davriyligi qayd etilgan. Meningit uçun eng xarakterli bölgan davr noyabrdan aprelgaça hisoblanadi, bu havo haroratining özgarişlari, ovqat ratsionidagi çeklaşlar va vitamin yetişmasligi, sovuq havo tufayli kişilarning kam şamollatiladigan xonalarda yiğilişi tufayli yuz beradi. Organizmning xususiyatlari va ijtimoiy sabablarga köra, xavf guruhiga 5 yoşgaça bölgan bolalar va 25-30 yoş oraliğidagi erkaklar kiradi.

Video: TasIX

Video: YouTube

Kasallikning kelib çiqiş sabablari

Infektsion etiologiyali kasallik sifatida boşlanadigan birlamçi meningit patogen mikroorganizmlar tufayli kelib çiqadi. Meningit rivojlanişiga turtki böladigan viruslar va bakteriyalar turli yöllar bilan yuqadi, ulardan eng keng tarqalgani:

  • Havo-tomçi: patogen yötaliş paytida va aksa urganda şilliq va sölak orqali havoga tarqatiş;
  • Maişiy aloqalar: bemor yoki kasallik taşuvçisi bilan töğridan töğri aloqa qiliş, bitta maişiy vositalardan foydalaniş (idişlar, soçiq, tiş çötkasi);