Rossiyaning Moskva şahridagi «Kutuzov» yotoqxonasida migrantlar orasida meningit infeksiyasi tarqaldi.

Mash xabariga köra, migrantlar meningitga qarşi emlangan, şundan keyin meningokokk infeksiyasi avj olgan.

Qayd qilinişiça, meningokokka qarşi «Menaktra» vaksinasi qöllangan. Ba’zi migrantlarda inʼeksiyadan keyin boş oğriği va isitma qözğalgani qayd etilgan.

Ta’kidlanişiça, Özbekistonning beş nafar fuqarosi, şuningdek, Tojikistonning bir nafar fuqarosi şifoxonaga yotqizilgan. Ularning ismi-şarifi xabarda keltirilmagan.