Rossiya poytaxtida meningokokk infeksiyasi bilan boğliq oğir vaziyat qayd etilgan, asosan migrantlar kasal, dedi Moskva boş sanitariya şifokori, poytaxt Rospotrebnadzor boşqarmasi boşliği Yelena Andreyeva. 

«Şaharda meningokokk infeksiyasi böyiça murakkab vaziyat bor, migrantlar kasal bölib qolyapti. Çunki ular immuniteti jihatidan Moskvaga mutlaqo «toza» bölib keladi, şu tufayli kasal bölib qolişmoqda. Şaharga meningal infeksiya tarqalmasligi uçun çora köryapmiz», dedi Andreyeva. 

Uning qöşimça qilişiça, şahar hokimiyati yozda vaziyatning yomon rivojlanişiga tayyorgarlik körgan. 

«Biz vaksinani davlat zaxirasidan oldik. Hozir birlamçi tibbiy yordam xodimlari migrantlarni emlamoqda. Klinik kartina juda oğir, ölim holatlari bor, infeksiya juda yuqumli», dedi Moskva boş sanitariya şifokori. 

Ma’lumotlarga köra, 10 oy davomida mehnat migrantlari orasida 32 ta kasallik öçoği aniqlangan, bemorlar bilan aloqada bölganlar soni – 10682 nafar, emlanganlar soni – 8868 nafar. 

Moskva ma’muriyati 25 dekabrga qadar mehnat migrantlarini emlaşni maksimal darajada bajarişni rejalaştirmoqda.