Jahon çempionati sovrindori, Osiyo çempioni Elnur Abduraimov AQŞda professional boksdagi ikkinçi jangini ötkazdi. Kaliforniya ştati Indio şahridagi “Fantasy Springs Casino” arenasi mezbonlik qilgan bahsda özbekistonlik boksçiga amerikalik çarm qölqop ustasi Jovanni Gonsales raqiblik qildi. Bu haqda Milliy olimpiya qömitasi axborot xizmati ma'lum qildi.
Avvalroq Elnur amerikalik boşqa bir boksçi Xose Salinasga qarşi ringga kötarilişi kerak edi, lekin jangga bir kun qolganida raqib özgardi.
Gonsalesga qarşi jangni katta ustunlik bilan boşlagan Abduraimov ikkinçi raundga kelib raqibini nokautga uçratdi. Bu Elnurning ikkinçi jangdagi ikkinçi nokautli ğalabasi böldi.
Ma'lumot uçun, Gonsales prof ringda 7 ta jang ötkazib, ularning 5 tasida ğalaba qozongan, 2 ta jangda mağlubiyatga uçragandi. Elnur esa sentabr oyi oxirida prof ringdagi debyutini amerikalik Aron Xollinsni nokautga uçratiş orqali nişonlagan edi.

















