18-19 oktabr kunlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Özbekistonga davlat taşrifi bölib ötadi. Taşrif doirasida qator hujjatlar töplami imzolanişi kutilmoqda.

«Keyingi haftada Özbekistonga amalga oşiriladigan taşrif davomida Toşkentda prezident Şavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar ötkazamiz. Muzokaralar yakunlariga köra, hukumatlararo va tijoriy hujjatlar paketi imzolanadi», degandi Vladimir Putin elçilardan işonç yorliqlari qabul qilib oliş marosimi çoğida.

Foto: Kremlin.ru

Rossiya prezidenti Özbekiston Rossiyaning strategik hamkori va ittifoqçisi ekanini qayd etgan hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, harbiy-texnik, madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama aloqalar rivojlanib borayotganligini e'tirof etgandi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qöşma bayonotini qabul qiliş, 2019-2024 yillarga möljallangan iqtisodiy hamkorlik dasturi, 2019-2021 yillarda madaniy-gumanitar sohada hamkorlik dasturi, Özbekistonda Rossiyaning yetakçi oliy ta'lim muassasalarining filiallarini taşkil etiş va faoliyatini ta'minlaş töğrisidagi kelişuv, «Suffa» xalqaro radioastronomik observatoriyasini taşkil etiş böyiça «Yöl xaritasi» va boşqa muhim ikki tomonlama hujjatlarni imzolaş rejalaştirilgan.

Şuningdek, Putin Mirziyoyev bilan birgalikda ikki mamlakat örtasidagi mintaqalararo hamkorlik forumida iştirok etişni, şuningdek, «Rosatom» tomonidan Özbekistondagi birinçi AES qurilişiga start berişni rejalaştirmoqda.

Bundan taşqari, davlat rahbarlari muntazamlik kasb etgan siyosiy muloqotning davomi sifatida Özbekiston va Rossiya örtasidagi köp qirrali hamkorlik holati yuzasidan fikr almaşadi. Strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, özaro manfaatli aloqalarni kengaytiriş, turli sohalarda yangi qöşma loyiha va dasturlarni amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilinadi.

Foto: Kremlin.ru

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, taşrif kun tartibidan dolzarb xalqaro masalalar, jumladan, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlaş, Afğonistonda tinçlik örnatiş jarayoniga kömaklaşiş masalalari ham örin olgan.

Rossiya prezidentining Özbekistonga davlat taşrifi doirasida Rossiya Federatsiyasi va Özbekiston Respublikasining qator yetakçi oliy ta'lim muassasalari taşabbusi bilan ilk marotaba “Özbekiston-Rossiya ta'lim forumi” ötkazilmoqda.