Dilorom Toşmuhamedova Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi deputatligiga saylandi. Bu haqda Özbekiston «Adolat» SDP matbuot xizmati xabar bermoqda.
14 oktabr kuni bölib ötgan Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi deputatligiga böşab qolgan örinlarga saylovlar bölib ötgan.
Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşiga saylov ötkazuvçi şahar saylov komissiyasining 2018 yil 16 oktabrdagi №17-sonli Qaroriga asosan, Özbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan körsatilgan nomzod Dilorom Toşmuhamedova Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi deputati etib saylangan.
Eslatib ötamiz, Dilorom Toşmuhamedova 2001-2004 yillarda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, Xalqaro işlar va parlamentlararo aloqalar qömitasining a'zosi sifatida faoliyat yuritgan. 2005-2008 yilgaça «Adolat» SDP Siyosiy Kengaşi raisi va partiyaning Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasidagi fraksiyasi rahbari lavozimlarida işlagan.
2007 yilda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari etib tayinlangan. 2008 yilda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining spikeri etib saylanib, 2015 yilgaça parlament Quyi palatasiga rahbarlik qilgan.
2017 yildan buyon, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori lavozimida işlab kelmoqda.

















