27 oktabr kuni Toşkent şahridagi Özbekiston davlat konservatoriyasi katta majlislar zalida Xalq deputatlari Toşkent şahar va tuman Kengaşi deputatlarining qöşma majlisi bölib ötdi. Bu haqda «Adolat» sotsial demokratik partiyasi matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.

Şahar va tuman deputatlari, Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Uluğbek Abdusalomov, Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etgan qöşma majlisda Özbekiston Oliy Majlisi Senati a'zoligiga böş bölgan öringa Toşkent şahridan vakil saylaş töğrisidagi masala körib çiqildi.

Yaşirin ovoz beriş yöli bilan ötkazilgan saylovda Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi deputati, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori Dilorom Toşmuhammedova endi Oliy Majlis Senati a'zosi etib saylandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Dilorom Ğofurjonovna Toşmuhammedova Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markaziga direktor etib tayinlagani, söngra Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi deputatligiga saylangani haqida xabar bergan edik.