Oliy majlis senatining rasmiy saytida senatning Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi örinbosari Dilorom Toşmuhamedovaning 3 aprel kuni prezident boşçiligida bölib ötgan videoselektor yiğilişidan keyingi mulohazalari e'lon qilindi.
“Joriy yil 3 aprel kuni bölib ötgan videoselektor yiğilişida davlatimiz rahbari xalqimizga yana bir bor murojaat qilar ekan, qança ogohlantiriş va tuşuntiriş işlariga qaramay, ayrim joylarda karantin qoidalari buzilayotganini afsus bilan qayd etdi.
Ta'kidlanganidek, hozirgaça 22 mingdan ziyod ana şunday holat aniqlanib, 330 kişi karantin hududini taşlab ketgan. Karantin vaqtida ayrim mas'uliyatsiz şaxslar 24 ta turli ommaviy marosimlar ötkazganini sira oqlab bölmaydi. Butun xalqimiz hayotiga xavf solayotgan bunday noma'qul işlarga nisbatan keskin çoralar köriladi.
Prezident murojaatida ayrim davlatlarda yuqori gigiyenaga asoslangan kundalik turmuş tarzi, milliy urf-odatlar bu kasallikni yengişda juda muhim omil bölayotgani ibrat qilib körsatildi. Jumladan, aholisi ziç, qöşnilari bilan savdo aloqalari öta rivojlangan bölişiga qaramasdan, Yaponiya virusning keng tarqalişiga yöl qöymadi.
Mutaxassislar tomonidan “yapon fenomeni”ni ulardagi öziga xos salomlaşiş, şaxsiy masofani saqlaş, tez-tez kiyim almaştiriş, yuz-qölni yuviş, töla yuviniş, töğri ovqatlaniş, faol turmuş tarzi va sport kabi 13 ta qoida va urf-odatlar saqlanib qolgani bilan asoslayotgani e'tirof etildi.
Şu örinda koronavirus infeksiyasidan himoyalaniş şartlari xalqimizning azaliy milliy qadriyatlari bilan uyğun ekanini ham ta'kidlaş joiz. Ya'ni tozalikka, saranjom-sariştalikka, ozodalik va poklikka, soğlom turmuş tarziga amal qiliş kifoya. Şu bilan birga, karantin şaroitida e'lon qilingan tartib-qoidalarga qat'iy rioya etişimiz şart va zarur.
Hozirgi kunda mutaxassislar bizdan uyda qoliş, masofadan turib işlaş, zaruratsiz köçaga çiqmaslik, şaxsiy gigiyena qoidalarini buzmaslik, farzandlarimizning uyda turib onlayn dars saboqlarini olişi va boşqa foydali maşğulotlar bilan şuğullanişlarini tavsiya qilişmoqda. Şunday ekan, davlat tomonidan xalq salomatligini öylab epidemiologik xavf-xatarga qarşi barça çora-tadbirlar körilayotgan bir vaqtda, berilayotgan körsatma va tavsiyalarga amal qilmaslik, loqayd va beparvo böliş bizga umuman yaraşmaydi. Aslini olganda, bizdan köp narsa talab etilayotgani yöq, faqat karantin qoidalarini buzmaslik, uyda bölişimiz söralmoqda, xolos.


















