O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Zoyir Mirzayevning ishdan olinishi kutilyapti
O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari Zoyir Mirzayev lavozimidan ozod etiladi. Bu haqda Kun.uz’ning hukumatdagi ishonchli manbalari xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Zoyir Mirzayev bugun O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 27 oktabr ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bloknot tutgan olti kishining ariq suvida turgani tasvirlangan suratni muhokama qilishdi. Kun.uz muxbirlari surishtiruvi davomida ushbu holat Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani, “Abdunosir G‘ulom” fermer xo‘jaligi maydonida yuz bergani aniqlandi.
Kun.uz’ga o‘sha kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Zoyir Mirzayev Oqqo‘rg‘onda, suvga botgan oltovlondan sal narida bo‘lgani haqida tuman hokimi o‘rinbosari Sherzod Murodov aytib bergandi.
Ma'lumki, prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarlarning burchi, mas'uliyati va ma'naviyati masalasiga alohida e'tibor qaratib kelmoqda.
Davlat rahbari, jumladan, bunday degandi: "Ish yuzasidan talabchanlik qilish boshqa, odamlarning shaxsiyatiga tegish butunlay boshqa narsa. Odamlar ish yuzasidan sizga bo‘ysunishi mumkin, boshqa har qanday masalada siz bilan teppa-teng huquqqa ega ekanini aslo esdan chiqarmang. ...Barchamiz yaxshi bilamiz, xalqimiz oriyatli, nomusli xalq. Xalqimiz barcha narsaga chidashi mumkin, lekin takror-takror aytaman, adolatsizlik va nohaqlikka chiday olmaydi. Haqiqiy rahbar, haqiqiy yetakchi odamlarning bardoshini sinash uchun emas, balki ularga munosib shart-sharoit yaratib berish, og‘irini yengil qilish uchun rahbar etib tayinlanadi. Barcha bo‘g‘indagi rahbarlar o‘zining odob-axloqi va madaniyati bilan hammaga o‘rnak va namuna bo‘lishi zarur”.
Mavzuga oid
23:13 / 28.11.2024
Toshkent viloyatida o‘qituvchi 9-sinf o‘quvchisini kaltakladi
11:53 / 06.11.2024
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
22:35 / 16.10.2024
Toshkent viloyatiga mingta yangi avtobus xarid qilinadi
21:46 / 07.08.2024