Örta asrlar arxitekturasining noyob yodgorligi, Qoraqalpoğistondagi Şamunabiy maqbarasini buzib taşlaşga töğri keldi, aks holda uning özi qulab tuşgan bölardi, deya hisoblaydi Özbekiston Madaniyat vazirligi.

«Maqbaraning buzib taşlanişi zarur çora hisoblanadi», - dedi «Xalq sözi» gazetasiga Qoraqalpoğiston Madaniyat vazirligi madaniy meros obidalarini muhofaza qiliş boşqarmasi boşliği Quaniş Şaripov
Gazeta materialida ta'kidlanişiça, asrlar davomida maqbara eskirib ketgan va uning içida böliş xavfsiz emasdi. Yer osti suvlari va yomğirlar qadimgi inşootni yuvib ketgan hamda u istalgan paytda qulab tuşişi mumkin edi. 2016 yilda boşlangan yodgorlikni tiklaş böyiça işlar ularni davom ettiriş imkoni bölmagani sababli töxtatilgan.
«Ikkita gumbaz deyarli butunlay buzilgan, loy devorlar yupqalaşgan. Mahalliy aholi bir neça yil avval murojaat bilan çiqib, noyob yodgorlikni saqlab qoliş haqida söraşgan», - deydi Şaripov.
Uning sözlariga köra, taşkil etilgan komissiya «maqbara yangi binosini quriş böyiça işlarni amalga oşiriş töğrisida qaror qabul qilgan».
Ular «Meros Çaşmasi» loyiha taşkiloti tomonidan ötkazilgan.

«Ötgan bahorda işlar boşlangan va yangi devorlar, gumbazlar quriş, hududni obodonlaştiriş, pahlavon Şamunabiy dafn etilgan maqbara rekonstruksiyasini amalga oşiriş kabilarni öz içiga olgan», - deydi Şaripov.
Maqbarani asl körinişida qoldiriş, Şaripovga köra, u vaqt ötişi bilan töliq yöq bölib ketişini anglatardi.
















