Meksikaning San-Xuan-de-los-Lagos şahrida taşkillaştirilgan jahon çempionatining finalida turkiyalik futbolçilar Angola terma jamoasiga imkoniyatni boy berişdi, deb yozmoqda Anadölu agentligi.

Foto: Getty Images

Jahon kubogi final bahsida ikki overtaym ham ğolibni aniqlaş uçun yetarli bölmadi va penaltilar bahsida omad angolalik futbolçilar tarafida böldi — 4:5.

Foto: Anadolu

Bungaça 2007, 2010, 2012 va 2014 yillarda ötkazilgan jahon çempionatlarida turkiyalik futbolçilar bronza medaliga ega çiqişgan edi. 2017 yilda özi mezbonlik qilgan Yevropa çempionatida Turkiya amputantlar terma jamoasi çempion bölişgan.

Afsonaviy murabbiy Rustam Qoriyev JÇning uçinçi oltin medali bilan

Futbol buyiça amputantlar örtasidagi jahon kubogida eng titulli terma jamoa Özbekiston amputantlar terma jamoasi hisoblanadi. Futbolçilarimiz uç bora — 2007, 2010 va 2012 yillarda jahon çempioni bölişgan.