AQŞning Kolorado ştati aholisi qullikning töliq yöq qilinişiga ovoz berdi. Bu haqda CNN telekanali ma'lum qildi.
6 noyabrda AQŞda ötgan oraliq saylovlarda ştat aholisi ştat konstitutsiyasining özgartirilişiga ovoz bergan. AQŞ konstitutsiyasiga 13-tuzatmaga köra, qullik va majburiy mehnat jinoyat uçun jazo bölgandan boşqa hollarda taqiqlangan. Koloradoda “A” tuzatmasi kuçga kirsa, qullikning har qanday şakli töliq taqiqlanadi.
Ta'kidlanişiça, şunday sözlar yana 16 ta ştatning konstitutsiyalarida mustahkamlangan.
CNN ma'lumotlariga köra, hozirça 80 foiz saylov uçastkalaridagi natijalar qayta işlangan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, Kolorado aholisining 65 foizi ştat konstitutsiyasi özgartirilişiga ovoz bergan. Ştat hukumati spikeri Linn Bartelsning aytişiça, tuzatma qabul qilinişiga şubha yöq.
2016 yilda ham konstitutsiya matniga tuzatiş kiritişga uriniş bölgan. Öşanda tuzatmaning ifodalanişi noaniq bölgan va saylovçilar qullikka ovoz berayotganlari yoki unga qarşi çiqayotganlarini anglay olmaganlar.

















