Özbekiston hukumati iqtisodiyotni rivojlantirişi uçun islohotlarni davom ettirişi zarur. Biroq imtiyozli va umuman kreditlar taqdim etişni kamaytiriş talab etiladi. Bu kelasi yilda inflyatsiya darajasini nazorat qilişda yordam beradi. Xalqaro valyuta jamğarmasining Yaqin şarq va Markaziy Osiyo departamenti direktori maslahatçisi Albert Eger şunday fikrlarni bildirdi.
Uning fikriça, mamlakatda qişloq xöjaligi va işlab çiqariş sohalarida iş örinlarini yaratişga e'tibor qaratiş barobarida imtiyozli kreditlar taqdim etişni kamaytiriş kerak.
“Özbekistonning qişloq xöjaligi va işlab çiqariş sohalarida köproq iş örinlari barpo etişga e'tibor qaratiş lozim. Bu işlar, ya'ni iş örinlari yaratiş masalasi hal etilganidan söng, galdagi vazifa narxlarni liberallaştiriş, erkinlaştirişdir. Şuning barobarida davlat uluşi katta bölgan korxonalar, kompaniyalar samaradorligini oşirişga ham jiddiy e'tibor beriş talab etiladi.
Iqtisodiyotda islohotlarni ötkazişda muhim vazifalardan biri, iqtisodiyotga töğridan-töğri kreditlar ajratiş hajmini qisqartirişdir. Bunday kreditlar asosan davlat tomonidan va katta imtiyozlar bilan taqdim etilmoqda. Imtiyozli kreditlarni esa, yirik korxonalar iş örni barpo etişni vaj qilib olmoqda. Biroq, menimça, imtiyozli kreditlarni barqaror kompaniyalar olmoqda hamda ular yetarli darajada va köp iş örni taşkil eta olişmayapti”, - dedi Albert Eger.
XVJ ekspertining aytişiça, mamlakatda inflyatsiya darajasini nazorat qiliş ham muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
“Yana bir muhim vazifa, bu inflyatsiya darajasini nazorat qilişdir. Hozirda Özbekistonda bu körsatkiç 16 foizni taşkil etayotgan bölsa-da, yil oxirigaça, bu raqam 18 foizga yetişi mumkin. Ta'kidlaş örinliki, hozirgi holatda inflyatsiyaning yuqori bölişi ham unçalik qörqinçli holat emas, çunki narxlarning erkinlaşişiga erişiş kerak. Şunday ekan, oldinroqqa nazar taşlaydigan bölsak, 2019 yilda ham inflyatsiya yuqori böladi, deb taxmin qiliş mumkin.
Buning oldini oliş uçun nima qiliş kerak? Kredit taqdim etişni qisqartiriş kerak böladi. Bugungi kunda kreditning iqtisodiyotdagi uluşi 44 foizni taşkil etmoqda. Iqtisodiyot ösişi 5 foizni, kredit miqdori 44 foizni, inflyatsiya darajasi 16-18 foiz bölişini e'tiborga olsak, aynan kredit berişni kamaytiriş bilan inflyatsiyaga bosim ötkaziş mumkin böladi.
Ikkinçi masala, pul-kredit siyosati bilan boğliq. Markaziy bank sentabr oyida qayta moliyalaş stavkasini 14 foizdan 16 foizga oşirdi. Biroq, kelgusi yilda inflyatsiya darajasi kutilganidan köproq oşadigan bölsa, Markaziy bank bu stavkani oşiriş tomonga qayta körib çiqişi talab etiladi.

















