Ortiqça vazn nafaqat jismoniy, balki psixik salomatlikka ham ta'sir körsatadi va köp holatlarda depressiyaga olib keladi. Buyuk Britaniya va Avstraliya olimlari keng qamrovli tadqiqot natijasida şunday xulosaga kelişdi. 

Tadqiqotçilar depressiyadan aziyat çekayotgan 48 mingdan ziyod bemorning va nazorat guruhi sifatida 300 mingga yaqin kişining genetik ma'lumotlarini örganişdi va tahlil qilişdi. International Journal of Epidemiology’da keltirilişiça, barça iştirokçilar 1938-1971 yillar oraliğida dunyoga kelgan. 

Olimlar ortiqça vazn, depressiya va diabet bilan boğliq 73 gen örtasidagi özaro aloqalarni tahlil qilişdi. Ma'lum bölişiça, semizlik va psixologik tuşkunlik örtasida boğliqlik mavjud ekan. 

Inson tana massa indeksi 4,7 kg/m² körsatkiçga oşgani sayin depressiya rivoji ehtimoli jins va yoşga qarab 18 foizga oşadi.

Bunga qadar ortiqça vaznni keltirib çiqaruvçi fastfud psixik salomatlikka ham ziyon yetkazişi haqida ma'lumotlar taqdim etilgan. Yoğ va qand miqdori yuqori bölgan oziq-ovqat mahsulotlari organizmda surunkali yalliğlaniş jarayonlarini keltirib çiqaradi, bu esa neyrodermitlar faoliyatini buzadi. 

Örta yer dengizi parhezi soğliq uçun eng foydali parhez deb topildi.