Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov farmoyişi bilan viloyat hududida şu yilning noyabr-dekabr oylari «Ma'naviyat oyligi» deb e'lon qilindi.

«Kun.uz»ga yetib kelgan farmoyiş nusxasida viloyatda noyabr oyining ikkinçi ön kunligida xayriya haşari ötkazilişi körsatilgan. Unga köra, mulkçilik şaklidan qat'i nazar barça taşkilotlar, korxonalar va muassasalar xodimlarining ixtiyoriylik asosidagi yozma roziligiga köra bir kunlik iş haqlari xayriya haşarida işlab topilgan mablağ sifatida Andijon viloyati hokimligining maxsus hisob raqamiga tuşirilişi lozimligi belgilangan.

Viloyatda «Ma'naviyat oyligi» va «Ma'naviyat» umumxalq xayriya haşariga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça viloyat ştabi tuzilgan. Ştabga viloyat hokimi Ş.Abdurahmonov, uning birinçi örinbosari A.Egamberdiyev, Ma'naviyat tarğibot markazi viloyat bölimi rahbari M.Ğofurov rahbariyat vakillari sifatida, viloyat moliya boşqarmasi boşliği B.Haydarov, viloyat ğaznaçilik boşqarmasi boşliği X.Sultonov, viloyat Statistika boşqarmasi boşliği V.Novik, viloyat xalq ta'limi boşqarmasi boşliği örinbosari A.Azimov, viloyat örta maxsus, kasb-hunar ta'limi boşqarmasi boşliği F.Buzrukov, viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği v.v.b Ş.Mamajonov, viloyat teleradiokompaniyasi raisi M.Karimov, «Andijonnoma» va «Andijanskaya pravda» gazetalari tahririyati boş muharriri S.Şukurov, «Mahalla» xayriya jamoat fondi viloyat bölimi boşqaruvi raisi U.Abdullayev, Yoşlar ittifoqi viloyat kengaşi raisi O.Yuldaşev a'zolar sifatida kirgan.

Ştab a'zolari «Ma'naviyat oyligi» va oylik doirasida ötkaziladigan «Ma'naviyat» umumxalq xayriya haşarini ötkaziş tadbirlariga fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari, uy-joy mulkdorlari şirkatlari, ta'lim muassasalari va boşqa taşkilotlar, viloyat aholisi, ayniqsa yoşlarni keng jalb etiş çoralarini körib, bu borada tuşuntiriş işlari olib borişlari körsatilgan.

Şunday ştablar viloyatlardagi şaharlar va tumanlar hokimliklar qoşida ham tuzilgan.

«Viloyatdagi korxona, taşkilot va muassasalar hamda şahar, tuman hokimliklari «Ma'naviyat» umumxalq xayriya haşari munosabati bilan amalga oşirilgan işlar hamda bir kunlik iş haqi miqdoridagi mablağlarni Andijon viloyati hokimligining hisob-raqamiga ötkazib berilişi töğrisidagi ma'lumotlarni viloyat ştabiga axborot qilib borsin», deyiladi farmoyiş matnida.

Haşar doirasida turar-joy mavzelari, qişloqlar, mahallalar, köça va yöllar hamda bolalar sport maydonçalarini tartibga keltiriş, daraxtlarni oqlaş va böyaş, köp qavatli binolar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, tarixiy obidalar, ziyoratgoh va qabristonlarni, şuningdek, ariq va zovurlarni tozalaş hamda quriliş va maişiy çiqindilarni belgilangan joylarga taşiş bilan boğliq işlarni taşkil etiş, şuningdek, keksa va nogiron kişilar holidan xabar oliş kabi homiylik işlari örin olgan.