Braziliya va Urugvay terma jamoalari örtasidagi örtoqlik uçraşuvi vaqtida «PSJ»ning urugvaylik hujumçisi Edinson Kavani va braziliyalik hujumçisi Neymar örtasida töqnaşuv sodir böldi.

Braziliyaliklar uçraşuvda 1:0 hisobida ğalaba qozondi, öyin oxirida vaziyatlardan birida Kavani Neymarga qöpollik işlatib, uni gazonga yiqitdi va sariq kartoçka bilan jazolandi. Şundan keyin u Neymarning qölidan tortib turğazib qöymoqçi bölganida, braziliyalik futbolçi oçiqçasiga norozilik bildirdi.

Öyindan keyin Kavani uşbu hodisaga munosabat bildirib ötgan.

«Hamişa kuçli raqiblarga qarşi öyinlar ötkaziş foydali böladi. Braziliyaga qarşi öynaş ajoyib. Ayniqsa Neymarga qarşi. Biz heç qaysi öyinda yutqazişni istamaymiz. Örtoqlik öyinlarida ham. Ayrim futbolçilar natijadan qattiq xafa bölişdi. Maydonda jang ketdi, ammo final huştagi çalinganidan keyin barça tinçlanib oldi», — deya Kavanining sözlarini keltirgan L’Equipe. 

Qayd etiş kerakki, Neymar Parijga kelganidan keyin jamoaning asosiy hujumçisi maqomini Edinson Kavanidan tortib olgandi. Ötgan mavsumda ikki hujumçi penaltini kim tepişi masalasida jiddiy tortişib qolişgandi. Hozirgaça futbolçilarning munosabatida sovuqlik saqlanib qolmoqda.

Xuddi şu vaqtda «Napoli» Kavaniga jiddiy qiziqiş bildirmoqda. Klub prezidenti Aurelio de Laurentis urugvaylik hujumçini Italiyaga qaytarişga jiddiy kirişgan.

Ayni vaqtda 31 yoşda bölgan Kavani «Napoli» safida 2010 yildan 2013 yilga qadar töp surgan, u jamoa bilan Italiya Kubogi sohibi bölgan. 

OAV xabariga köra, Kavani ham Neapolga qaytişni istamoqda. U buning uçun maoşi kamayişiga ham rozi. 

Fransiya çempionatining joriy mavsumida Kavani 12 uçraşuvda 9 gol urişga erişdi.