“Odamlar uyquga kundalik işlardan biri sifatida munosabatda böladilar, masalan xuddi tiş yuviş kabi”, - deydi Arizona Universiteti Integrativ tibbiyot markazining uyqu böyiça mutaxassisi Rubin Nayman. – Köpçilik uçun 7-9 soatga reallikdan “öçiş” majburiyati sifatida qaraladi”.

Biroq ayrim kişilar tungi hordiqqa nisbatan öz munosabatlarini özgartirişgan va uni haqiqiy huzurga aylantira olganlar. Ularning siri quyidagilardan iborat:

Foto: Unsplash

Uyquni qadrlaydilar

Tezkor uyqu fazasi, yoki REM-fazalar vaqtida miya fikrlarni boşqa vaqtdagidan köra köproq yiğadi. “Tuş köriş qobiliyati xotira va ijod uçun katta ahamiyatga ega”, - deydi Nayman.

“Uyquni sevadiganlar” öz tuşlarini tuşuniş va eslab qolişga harakat qilişadi. Bunday kişilar tuşlar köp ma'noga egaligi va ongimizni aks ettirişini yaxşi anglaydilar. Şu omilning özi ham ularni qadrlaş uçun arzirli sababdir.

Uyquga tayyorlanadilar

Uyqudan oldin tinçlanib, ularni bezovta qiladigan barça narsalarni yiğiştirib qöyişadi. Faqat biroz vaqt ötgaçgina çiroqni öçirib, karavotga yotişadi.

Zamonaviy odamni sport avtomobili yoki ana şunday samolyot bilan taqqoslaş mumkin. Biroq avtomobil qay darajada tez bölsa, uning tormoz yöli ham katta böladi. Har qanday samolyot uçun bir neça metrdan iborat uçiş-qöniş yölagi talab etiladi. Şuning uçun kun davomida qança köp iş bajarsangiz, şunça köp dam olişingiz kerak böladi.

Foto: Unsplash

Karavotdan sakrab turişmaydi

Bunday kişilar tonggi mudroq holatni qadrlaydilar va unda uzoqroq bölişni istaydilar. Bu uyqu, fantaziya, tetiklikning ğaroyib aralaşmasi bölib, taşqi ta'sirlar uyqudagi obrazlarda iz qoldiradi.

Haqiqatan ham çarçaydilar

The Bedtime Network tizimining asosçilaridan biri Liza Merkurio (Lisa Mercurio)ning qayd etişiça, aynan jismoniy faollik ularga a'lo darajada uxlaşga yordam beradi. Liza marafonlarda iştirok etadi, bu unga tezda uxlab qolişda yordam beradi.