Avtomobillarga quyiladigan metan gaz narxi ayrim hududlarda sezilarli ravişda qimmatladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Andijon viloyatida metan gazning 1 kub.m uçun 2200 sömgaça narx belgilangan, Samarqand viloyatida esa narx 2000 sömgaça etib körsatilmoqda. Hozirgi kunda avtomobil gaz töldiriş kompressor stansiyalariga sotiladigan tabiiy gaz tarifi quyidagilardan taşkil topadi:
«Öztransgaz» AJ realizatsiya qiladigan tabiiy gazning ulgurji-sotiş narxi - 1 kub.m uçun 289,74 söm;
tabiiy gazning ulgurji-sotiş narxiga qöşiladigan maxsus investitsiya ustama haqi - 1 kub.m uçun 500 söm. Şunday qilib, ayni vaqtda yuqorida keltirib ötilgan tabiiy gaz tarifi 1 kub.m uçun 789,74 sömni taşkil qiladi.
Moliya vazirligining ma'lumotiga köra, 16 noyabridan boşlab avtomobil gaz töldiriş kompressor stansiyalariga tabiiy gaz tarifi 1 kub.m uçun 800 söm (QQS bilan) miqdorida örnatildi. Şunday qilib, stansiyalarda tabiiy gaz tarifi ösişi 1 kub.m uçun 10,26 sömni taşkil qildi. Şu bilan birga, örnatilgan benzin, dizel yoqilğisi va gaz işlatganlik uçun olinadigan soliq stavkasi özgarmadi va avvalgi darajada saqlanib qolindi.
«Yuqoridagilardan kelib çiqib, tabiiy gaz tarifining sezilarsiz ösişini, hamda örnatilgan benzin, dizel yoqilğisi va gaz işlatganlik uçun olinadigan soliq stavkasi özgarmasligini inobatga olib, Moliya vazirligi tomonidan avtomobil gaz töldiriş kompressor stansiyalari tomonidan realizatsiya qilinadigan tabiiy gazning ulgurji narxi oşişi kutilmayapti», - deyiladi vazirlik axborotida.
Eslatib ötamiz, yoqilği siyosatidagi narxi özgarişi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi 897-sonli «Yoqilği-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqiçma-bosqiç özgartiriş töğrisida»gi qaroriga muvofiq amalga oşirilmoqda.

















