Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qqiz oy ichida Tojikistonning qancha fuqarosi O‘zbekistonga kelgani aytildi
Foto: KUN.UZ
Tojikiston fuqarolari tomonidan O‘zbekistonga tashrif buyurishning asosiy ko‘rsatkichi joriy yil mart oyining ikkinchi yarmidan so‘ng kuzatildi. O‘shanda Dushanbe va Toshkent ikki mamlakat fuqarolari uchun 30 kungacha bo‘lgan muddatga vizasiz safar qilish to‘g‘risidagi kelishuvga erishdi, deb xabar qilmoqda Aziya Plyus.
Statistika ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga Tojikistonning 1 million 165 ming fuqarosi tashrif buyurgan. Shu vaqt ichida Tojikistonga O‘zbekistonning taxminan 1 million 253 ming nafar fuqarosi bordi, deya xabar qilmoqda «AP» Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara qo‘shinlaridagi manbaga asosan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2018 yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga kelgan xorijiy fuqarolar soni 4666,5 ming kishini tashkil qildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 barobar ko‘pdir.
Fuqarolari O‘zbekistonga sayohat qilgan xorijiy mamlakatlar ro‘yxatida Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda. Bu barcha chet el fuqarolari umumiy sonidan 40,2 foizni tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarda Tojikiston - umumiy miqdordan 24,8 foiz, Qirg‘iziston - 16,7 foiz, Rossiya - 7,4 foiz.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga turistik maqsadda qancha xorijlik kelgani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
18:35 / 09.02.2026
Britaniya turoperatori Pekin - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha lyuks poyezdini yo‘lga qo‘yadi
14:30 / 03.02.2026
Elchixonalarda madaniyat va turizm bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi
20:47 / 30.01.2026
O‘zbekiston mazali taomga ega davlatlar reytingidan tushib ketdi
15:39 / 28.01.2026