2018 yilning ötgan 10 oyi mobaynida 555 mingdan ortiq kişi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududlardagi bölimlariga iş sörab murojaat qilgan. Şundan 218,8 ming kişi işga joylaştirilgan. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida bölib ötgan yiğilişda vazir Şerzod Kudbiyev şu haqda ma'lum qildi. KUN.UZ muxbiriga köra, vazirning fikriça, endilikda, xususiy bandlik agentliklari fuqarolarni işga joylaştiriş bilan qançalik köp şuğullansa, vazirlik faoliyati ham şunçalik samarali böladi.   

«Endi fuqarolarni işga joylaştiriş vazifasi xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga qançalik köp işonib topşirilsa, mehnat idoralari şunçalik samaraliroq işlaydi. Şuning uçun ham biz, vazirlik sifatida, xususiy bandlik agentliklari

-  işga joylaştiriş huquqiga ega bölişi;
-  işga joylaganlik uçun daromad qiliş imkoniga ega bölişi
-  hamda bu kabi xizmat körsatişga çeklov qöyilmasligi kerak emas, deb hisoblaymiz.
Xorijiy mamlakatlarga işga joylaştiriş ham şu jumladan», - dedi Şerzod Kudbiyev.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining e'tirof etişiça, davlat şu vaqtgaça, heç qaçon fuqarolarni çet elda işga joylaş huquqini xususiy qöllarga bermagan, buni xohlamagan ham. 

«Şu örinda, ta'kidlaş joizki, xorijga işga joylaş masalasida monopoliya bölar ekan, xohlaysanmi-yöqmi, tizim katta bölsa, bu korrupsiyaga şaroit yaratadi. Birgina misol keltiraman. Yaqinda prezident Qoraqalpoğistonga safar qildi. Bundan avval biz tahlil ötkazdik. Hammamiz bilamizki, hamşira bölib işga kiriş juda ham maşaqqat. Lekin mehnat bölimlari 600dan ortiq böş iş örni borligini aniqladi», - deya qayd etdi vazir.

Uning sözlariga köra, bugungi kunda vazirlik va xususiy bandlik agentliklari oldida turgan muhim vazifalardan biri şuki, jipslaşgan holda aynan şu kabi böş iş örinlari şaffof bölişini hamda ularga xususiy bandlik agentliklari ham işga joylaş huquqiga ega bölişlariga erişişdir. 

«Biz buning uçun xususiy bandlik agentliklariga davlat ixtiyoridagi böş iş örinlariga boğliq ma'lumotlar bazasidan foydalaniş imkonini ham berişni rejalaştirayapmiz va bunga tayyormiz», - dedi vazir.