Kelgusida Özbekistonning xorijda, ya'ni J.Koreya, Yaponiya, arab davlatlari, Yevropa va boşqa rivojlangan, iş kuçiga ehtiyoji bölgan mamlakatlarda işlaş istagini bildiruvçi fuqarolariga xususiy bandlik agentliklari yordam berişlari mumkin böladi. Şunday qilib, yaqin kelajakda, fuqarolarni Janubiy Koreyaga işga joylaştiriş bilan faqatgina Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi şuğullanmasligi mumkin. Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Şerzod Kudbiyev vazirlikda bölib ötgan uçraşuvda şu haqda ma'lum qildi.

Kudbiyev, şuningdek Özbekistondan Rossiyaga iş qidirib boruvçi fuqarolar soniga ham oydinlik kiritdi. Xorijga işlaşga ketayotganlarning 85 foizi Rossiyani tanlagan. Bir yilda Özbekistondan Rossiyaga işlaş maqsadida ketganlar soni 1,5 mln kişini taşkil etgan. Taşqi mehnat migratsiyasi borasida yagona agentlik bölişi esa, çet elda işlaş istagini bildirgan özbekistonliklarga şaffof va porasiz xizmat körsatiş imkonini bermagan.
Uning ma'lum qilişiça, Özbekistonda 27 yilda birinçi marta xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga aholini işga joylaştiriş bilan şuğullanişlariga ruxsat beruvçi «Xususiy bandlik agentliklari töğrisida»gi qonun qabul qilindi. Qonun 34 moddadan iborat bölib, unda xususiy bandlik agentliklari tuşunçasi izohlangan. Uning faoliyati prinsiplari, taşkil etilişi, davlat röyxatidan ötkazilişi, mulkiy asoslari belgilab berilgan. Şu bilan birga, Qonunda xususiy bandlik agentliklarining (XBA) huquq va majburiyatlari, vazirlikning majburiyatlari aniqlab berilgan.
«Vazirlik OAV bilan birga şunday ekotizimni taşkil etişi kerakki, unda XBA Özbekiston mehnat bozorida faoliyat yuritişlari juda qulay bölişi kerak. Bu vazirlik uçun ham aholini mamlakat içida va taşqarisida işga joylaştiriş nuqtai nazaridan baholaganda foydalidir. BMMV aynan sizlar fuqarolarni ma'lum bir haq evaziga yanada köproq işga joylaştirişingiz uçun imkon darajasida kömaklaşişni xohlaydi», - dedi Şerzod Kudbiyev.
Vazirning sözlariga köra, bugungi kunda çet elga işga joylaşiş istagini bildirayotganlarning mutaxassislik malakasini tasdiqlaş borasida jiddiy muammolar mavjud. Ayni vaqtda, aynan çet elda talab kuçli bölgan payvandçi, elektromontajçi, kafelçi va boşqa şu kabi mutaxassisliklarning malakasini aniqlovçi tuzilma taşkil etilişi rejalaştirilmoqda.
















