Bugun, 21 noyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Samarqand viloyat sudida Kattaqörğon şahar IIBning sobiq xodimi San'at Umarov ustidan sud jarayoni davom etdi.
Sudda iştirok etgan «Kun.uz» muxbiri xabar qilişiça, sudya Ötkir Mamadaliyev raislik qilgan sud majlisida San'at Umarovga sönggi sözni aytiş imkoni berilgan.
U sönggi sözida qilgan qilmişidan qattiq puşaymon ekani, yaqinda turmuş qurgani, rafiqasi ayni vaqtda homiladorligi, oilada yagona boquvçi ekanini aytib, jazo tayinlaşda suddan yengillik söragan.
Şundan söng sud maslahatlaşuvga kirib ketgan. Birozdan söng yakuniy hukm öqiladi.
Sudlanuvçi Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) 1-qismi, 235-moddasi (qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaş), 2-qismi «a» va «z» bandlarida hamda 241-1 -moddasida (jinoyatni hisobga olişdan qasddan yaşiriş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblagan.
















