Mamlakatimizda aholi farovonligini ta'minlaş, munosib hayot şaroitlarini yaratiş, jamiyatimizda demokratik tamoyillarni tatbiq etiş uçun izçil, tizimli işlar olib borilmoqda, deb yozadi Oliy Majlis Senati a'zosi, Özbekiston XDP Markaziy Kengaşi raisi örinbosari Maqsuda Vorisova partiya saytida.

Uning bildirişiça, işlab çiqarişning har bir yönalişiga ilğor texnika va texnologiyalarni olib kiriş, innovatsiya yaratişni davrning özi talab qilmoqda.

Şu jumladan, qişloq xöjaligida ham mahsulotlarni jahon bozoriga olib çiqiş, mamlakatga daromad keltiriş, davlatni ham fermerni ham boy qiliş maqsad muddaoga aylangan.

Şu kunlarda Sirdaryo viloyatida bölib ötgan “fermerlar qasamyodi” ham aslida yuqorida keltirilgan maqsadga erişiş niyatida amalga oşirilgan. Lekin, bu qançalik töğri böldi va bu qasamyod bilan qişloq xöjaligidagi bugungi ahvolni yaxşilab böladimi?

«Qasamyod – harbiy yoki boşqa şu turdagi xizmatga kirayotganda, ma'lum bir statusni olayotganda (masalan, fuqarolik olayotganda yoki sudda guvohlik berayotganda), lavozimga tayinlanayotgandagi rasmiy va tantanali ont içiş marosimi. Qasamyod faqat ommaviy tarzda (omma köz öngida) amalga oşiriladi va qasamyod qiluvçiga uni – qasamyodni ado etmagani uçun yuridik javobgarlikni yuklaydi».

Demokratik tuzumlarda qasamyod mas'uliyat hajmi ulkan bölgan, mas'uliyatsizlik oqibatida jamiyat katta talofat körişi mumkin bölgan holatlarda hamda sudda – haqiqatni yuzaga çiqarişga safarbar etilgan idoradagina qöllanadi.

Amaldagi qonunçilikka köra fermer bu tadbirkor. U qişloq xöjalik mahsulotlari yetiştiradi va öz faoliyatini bozor talablari asosida yuritişi kerak. Fermerga qasam içiriş bilan biz unga “ma'naviy çeklov” qöymoqdamiz, dehqonni qasamga tayantiriş jamiyatimiz rivoji uçun foyda keltiradimi yoki zarar?

Bu holat rahbariyat oldida “yangilik” yaratib, obro‘ olişga uriniş emasmi?

Qişloq xöjaligidagi salbiy holatlar sanoqli bölsa barçaga “ommaviy” qasam içiriş zarurmi? Agar bunday holatlar köp bölsa, unda ularni keltirib çiqargan sabablarni tahlil qiliş, tizimli çoralar körilişi kerak-ku!

Mening fikrimça, fermerlarimizning bu yilgi noqulay şaroitda möljaldagi hosilni yetiştira olmaganligi uçun nafaqat ob-havo yoki dehqonning dangasaligi, uddaburon emasligi aybdor emas, balki işni taşkil qilişdagi tizimli kamçiliklarimiz sabab bölgan, deydi deputat.