Bugun, 21 noyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Samarqand viloyati sudida sudya Ötkir Mamadaliyev raisligida Kattaqörğon şahar Içki işlar bölimi sobiq katta tezkor vakili lavozimida işlagan sudlanuvçi San'at Umarovga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilindi.

San'at Umarov sudda öz sönggi sözini aytgaç, sud maslahatga ketgan çoğda jabrlanuvçi N.T.ni suhbatga tortdik.

Ayni paytda unga nisbatan Oqdaryo tumanida sodir etilgan öğirlik holati böyiça tergov işlari yakunlangan. Ayblov xulosasi berilgan va yaqinda bu holat yuzasidan sud bölib ötadi.

Özining oğzidan hikoya qilişiça, Oqdaryo tumaniga 10 yoşli qizi bilan tomorqasida yetiştirilgan pomidorni sotgani borganida, kimdir uning qizining sumkasiga ikkita uyali telefonni solib qöygan.

N.T. ayni paytda öziga qöyilgan ayblarni kimlardir tomonidan uyuştirilgan, deb baholamoqda. Garçi özi dastlabki tergovda telefonlarni çindan ham öğirlaganini yozib berganini tan olgan bölsa-da.

Bugun bölib ötgan sud majlisida jabrlanuvçi sifatida qatnaşgan N.T. San'at Umarovga qat'iy jazo berilişiga işonqiramayotganini aytdi. «Baribir qutulib çiqib ketsa kerak», dedi u.

Sudya O‘.Mamadaliyev hukmni öqib eşittirgaç, çunonçi, San'at Umarovga 6 yilu 6 oy qamoq jazosi tayinlandi, yana 3 yil mansabdorlik lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilindi.

«Berilgan jazodan qoniqdingizmi?» deb savol berdik N.T.ga sud majlisi öz nihoyasiga yetgaç.

«Men kutgandan yengilroq jazo tayinlandi», deb javob berdi bu savolga u.

Bu boradagi keyingi xatti-harakatlarini u özining advokati bilan maslahatlaşadi.

Öz muxbirimiz