Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda fojia. Ichki ishlar xodimi YPX inspektorining o‘limiga sababchi bo‘ldi
2018 yil 10 noyabr kuni, soat 24:00larda Termiz shahar IIO FMB 1-sonli IIB JQG tezkor vakili J.M. xizmat yuzasidan biriktirilgan “Damas” rusumli xizmat avtomashinasini mast holda boshqarib kelib, shaharning “Bog‘ishamol” mahallasi A.Navoiy ko‘chasida xizmat vazifasini o‘tayotgan viloyat IIB YHXB AYPXO 1-safarbarlik guruhi YPX katta inspektori P.Ch.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, P.Ch. olgan tan jarohatlari natijasida 2018 yil 19 noyabr kuni Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filialida vafot etgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining 2018 yil 19 noyabr kunidagi 207-sonli dastlabki xulosasiga ko‘ra, P.Ch.ning o‘limiga bosh miya yopiq jarohati, ko‘plab suyak sinishi jarohatlari, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan 2018 yil 19 noyabr kuni Termiz shahar prokuraturasi tomonidan J.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda ichki ishlar xodimi o‘ldirilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
05:32
Toshkentda YPX mototsikllari ishtirokida avariya ro‘y berdi
11:40 / 14.07.2026
“Diplom emas, tajriba muhim”: 8 tilni biladigan 25 yoshli Hojimurod hikoyasi
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026