Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalariga öqişga qabul qilişda milliy hamda xalqaro baholaş tizimlari sertifikatlarini tatbiq qiliş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bildirilgan takliflarga rozilik berilişi hamda 2019 yildan boşlab ta’lim muassasalariga öqişga kiriş sinovlarida quyidagi imtiyozlar belgilanişi mumkin:

a) test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga çet tili (ingliz, nemis, fransuz, ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyğur, italyan, yapon tillari) birinçi (asosiy) fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yönalişlariga hujjat topşirgan Davlat test markazi tomonidan beriladigan Çet tilini biliş darajasi töğrisidagi sertifikat yoki Xalqaro sertifikatga ega bölgan abituriyentlarga, uşbu fandan belgilangan maksimal ball beriş va ularni şu fan böyiça test sinovidan (kasbiy (ijodiy) imtihondan) ozod etiş:

Ingliz tili uçun Milliy sertifikat V2 va undan yuqori, International English Learning Testing System (IELTS 5.5) V2 va undan yuqori, Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72) V2 va undan yuqori, Cambridge Assessment English FCE, B2 va undan yuqori;

Nemis tili uçun Milliy sertifikat V2 va undan yuqori, Goethe-Zertifikat V2 va undan yuqori, Deutsches Sprachdiplom (DSD) V2 va undan yuqori, Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) V2 va undan yuqori;

Fransuz tili uçun Milliy sertifikat V2 va undan yuqori, Diplome d'yetudes en langue Fransaise (DELF) V2 va undan yuqori, Test de connaissance du français (TCF) V2 va undan yuqori;

boşqa tillar uçun Milliy sertifikat V2 va undan yuqori yoki Xalqaro sertifikat V2 va undan yuqori.

b) test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga çet tili fani (birinçi (asosiy) bölmagan fan sifatida) kiritilgan boşqa bakalavriat ta’lim yönalişlariga hujjat topşirgan Milliy sertifikat yoki Xalqaro sertifikatga ega bölgan abituriyentlarga, uşbu fandan belgilangan maksimal ball beriş va ularni şu fan böyiça test sinovidan (kasbiy (ijodiy) imtihondan) ozod etiş:

Ingliz tili uçun Milliy sertifikat V1 va undan yuqori, International English Learning Testing System (IELTS 4.5) V1 va undan yuqori, Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 42) V1 va undan yuqori, Cambridge Assessment English PET, B1 va undan yuqori;