Keça 26 noyabr kuni Toşkentdagi “Radisson Blu” mehmonxonasida suv tejamkorligi masalalariga jamoatçilik e'tiborini jalb qiliş maqsadida taqdim etilayotgan “TOMÇI” mobil ilovasining taqdimot konferensiyasi bölib ötdi. Taqdimot konferensiyasida iştirok etgan Kun.uz muxbiri şu haqda xabar berdi.

Foto: TOMÇI

Konferentsiyada Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vaziri örinbosari Ravşan Mamutov, Şveytsariyaning Özbekistondagi elçixonasi vakili Sohibjon Akramov, Xalqaro Orolni qutqariş jamğarmasi GEF agentligi rahbari Vadim Sokolov va boşqa rasmiy şaxslar iştirok etdi.

Mazkur taqdimotda sözga çiqqan Institutsional rivojlantiriş böyiça loyiha koordinatori Birodarjon Burhonjonov mobil ilovaning yaratilişidan közlangan maqsad va undan foydalaniş böyiça batafsil ma'lumot berdi. 

“TOMÇI” ilovasini Google Play ilovalari dökonlaridan yuklab oliş mumkin.

Taqdimot konferensiyasi davomida taşkilotçilar “TOMÇI” mobil ilovasi tanlovi ötkazilişi haqida ham ma'lumot berişdi. Unga köra, tanlovda iştirok uçun:

1. Mobil ilovani “App Store” va “Google Play” dökonlaridan bevosita, yoki QR-kodidan foydalangan holda yuklab oliş;

2. Ilovani yuklab olişda röyxatdan ötiş talab etiladi.

Tanlovda ğoliblarga mukofot sifatida ilova yuklangan smartfonlar taqdim etiladi.

Şuningdek, foydalanuvçilarda oliy mukofot (“super-priz”) uçun tanlovda iştirok etiş imkoniyati ham mavjud. Oliy mukofot – Gran-Pri yutgan ikki nafar iştirokçi Çexiya Respublikasiga yöllanma bilan taqdirlanadi.

Tanlov haqida töliq ma'lumotni oliş uçun quyidagi suratni bosing:

— Mazkur mobil ilovadan fermer, dehqon xöjaligi va tomorqa yer egalari, qişloq va suv xöjaligi tarmoqlarida işlayotgan mutaxassislar, tarmoq oliy öquv yurtlarining talabalari va professor-öqituvçilari, suv resurslarini boşqariş masalalariga bevosita aloqador bölgan keng jamoatçilik foydalanişi mumkin, — dedi Birodarjon Burhonjonov. — Suv xöjaligi vazirligi tuzilmalari mutaxassislari bilan yölga qöyilgan hamkorlik jarayonlarida kerakli axborotlarning yetişmasligi, ayniqsa bu jarayon suv tejaş texnologiyasida tez-tez közga taşlanib turişi ma'lum böldi. Aynan mana şu omillar “TOMÇI” ilovasining işlab çiqilişiga sabab böldi, — deya ta'kidladi u.