Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Beşariq tuman bölimi xodimlari tomonidan 2018 yil 24 noyabrda tezkor tadbir ötkazildi. Bu haqda Kun.uz’ga Boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda fuqarolar B.Ğ. va B.I. oldindan til biriktirib, Beşariq tumani Yakkatut qişloğida joylaşgan tuman hokimligi zaxirasidagi 16 sotix yer maydonini uy-joy quriş va noturar joy sifatida foydalaniş uçun har bir sotixini 1000 AQŞ dollaridan jami 16 000 AQŞ dollariga sotişga va keyinçalik tanişlari orqali hujjatlarini rasmiylaştirib beriş evaziga fuqaro N.X.dan 7.500 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar B.Ğ. va B.I.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «v» bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.