“Özbekneftgaz” AJda Özbekistonda Farğona va Buxoro neftni qayta işlaş zavodlari modernizatsiya qilinişi ma'lum qilindi. Ayni vaqtda kompaniya neft-gaz sohasini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasini işlab çiqmoqda. Bu konsepsiyada sohani rivojlantirişning asosiy yönalişlari belgilab olinadi.
“Unda asosiy e'tibor investitsiya loyihalarini amalga oşiriş, jumladan tabiiy gazni çuqur qayta işlaş, ikkita neftni qayta işlaş zavodini modernizatsiya qiliş va “Özbekiston-Xitoy” gaz quvurining 4-liniyasini qurişga qaratiladi”, deyilgan xabarda.
Norasmiy ma'lumotlarga köra, bu zavodlarning yuklanişi 50 foizdan oşmaydi.
Bundan taşqari, “Özbekneftgaz” Jizzax viloyatida yiliga 5 mln tonna neftni qayta işlovçi yangi neftni qayta işlaş majmuasini quriş böyiça loyihani amalga oşirmoqda.
Yangi zavod xom aşyoni Rossiya va Qozoğistondan neft quvuri orqali oladi. Omsk – Pavlodar – Çimkent neft quvurining liniyalaridan biri Jizzax viloyati yaqinidagi joygaça tortilgan. U yerdan majmuaga 100 kmlik quvur tortiladi, bu esa majmuani neft bilan minimal xarajatlarda ta'minlaşga imkon beradi.
Yangi zavod yiliga “Yevro-5” standartiga mos keluvçi 3,1 mln tonna motor moyi, 1 mln tonnadan köproq aviatsion kerosin, suyultirilgan gaz, mazut, bitum va boşqa mahsulotlar işlab çiqaradi. Jizzax neftni qayta işlaş zavodining işga tuşirilişi bilan 2 mingdan köproq iş örni yaratiladi.

















