Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Trampning Argentinadagi uchrashuv vaqti ma'lum bo‘ldi
Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin hamda Donald Trampning Argentinadagi «katta yigirmatalik» sammiti doirasida uchrashuvi 1 dekabrga rejalashtirilgan. Bu haqda «RIA Novosti» delegatsiyalardan biridagi manbaga asosan xabar tarqatdi.
«Putin va Tramp o‘rtasidagi uchrashuv Argentinada tashkil etiladigan G20 sammiti maydonlarida Moskva vaqti bilan soat 17:30ga rejalashtirilgan», - deya ma'lum qilgan manba.
Bundan tashqari, u muzokaralar ikki soat davom etishi kerakligini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Kerch bo‘g‘ozidagi hodisa tufayli Argentinada tashkillashtiriladigan G20 sammitida hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuvni bekor qilishi mumkin ekanini bildirgandi.
Qo‘shma Shtatlar yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvni bekor qilish sababi unga «tajovuzkorlik» yoqmasligida.
Mavzuga oid
15:40
JCh kundaligi. Yana fantastik o‘ynagan Jud, yana qiynalgan Argentina va Emboloda ahmoqona qizil
15:45 / 10.07.2026
Putin urushni davom ettirmoqchi
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026