«Özbekneftegaz» aksiyadorlik kompaniyasi iştirokida ta'sis etilgan Jizzakh Petroleum​ qöşma korxonasi loyihasi xomaşyo tanqisligi tufayli oxiriga yetkazilmasligi mumkin. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Joriy yilning apreli oyi oxirlarida Jizzax viloyatida qiymati 2,2 mlrd dollar bölgan yangi neftni qayta işlovçi majmua qurilişi boşlangandi. Quriliş işlari 2021 yilga qadar tugatiş rejalaştirilgan. Ammo, neftni qayta işlaş zavodi töliq quvvatda işlaşi uçun xomaşyo import qilinişi, xususan Qozoğiston va Rossiya hukumatlari bilan muzokaralar davom etayotgani bildirilgandi.

«Hozirgi kungaça hukumatlararo kelişuv imzolanmadi. Şu sababli, loyihaning faoliyati sekinlaşib qolgan. Aniq kelişuvlar bölmagani uçun, xomaşyo yetkazib berişda muammo bor», - deydi «Özbekneftgaz» AJ boşqaruv raisining örinbosari Odil Temirov.

Zavodni Jizzakh Petroleum​ hamda Gas Project Development Central Asia (Gazprom International’​ning tuzilmasi, 40 foiz) boşqaradi. «Gazprombank» guruhi tomonidan nazorat qilinuvçi Enter Engineering​ kompaniyasi boş pudratçi böladi.

Ayni paytda «Özbekneftgaz» AJda Özbekistonda Farğona va Buxoro neftni qayta işlaş zavodlarini modernizatsiya qiliş haqida öylamoqda. Mutasaddilarga köra, kompaniya neft-gaz sohasini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasini işlab çiqyapti.

«​Unda asosiy e'tibor investitsiya loyihalarini amalga oşiriş, jumladan tabiiy gazni çuqur qayta işlaş, ikkita neftni qayta işlaş zavodini modernizatsiya qiliş va «Özbekiston-Xitoy» gaz quvurining 4-liniyasini qurişga qaratiladi»​, - deyilgan xabarda.