Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Fors ko‘rfaziga atom aviatashuvchisini jo‘natdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Eronga kuchini namoyish qilish maqsadida John C. Stennis atom aviatashuvchisi boshchiligidagi bir guruh kemalarni Fors ko‘rfaziga jo‘natdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Aniqlik kiritilishicha, Amerika kemalarining kirishi Fors ko‘rfazida so‘nggi sakkiz oydagi shunday turdagi amaliyotga aylanadi.
Pentagon fikricha, Amerika aviatashuvchisining mavjud ekani Eron bu suvlarda dushmanlik kayfiyatidagi xatti-harakatni amalga oshirsa, kuchlarni tartibga solishdagi «mutlaqo ijobiy farqni keltirib chiqaradi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron AQSh bazalari va aviatashuvchilariga zarba berishga qodir raketalarga egaligini ma'lum qilgandi.
Eron aerokosmik kuchlari rahbarining aytishicha, mamlakat Qo‘shma Shtatlar harbiy bazalariga zarba berishi, shuningdek, Fors ko‘rfazidagi AQSh aviatashuvchilariga zarar yetkaza olishi mumkin bo‘lgan raketalarga egadir.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026