Özbek axborot olamida propiska masalasi alohida örin tutadi. Bu borada şu qadar köp va xöb yozilganki, boşqa biror muammo haqida bunça yoritilsa, hamma zerikkandan dod deb yuborardi. Ammo propiska «ölmas» mavzulardan. Qança muhokama qilinsa, şunça mazasi çiqaveradi. Çunki, bu kabi aql bovar qilmas tizim aynan bu şaklda faqat bizda uçraydi.

Sönggi kunlarda axborot olamining özbek segmentida bu mavzu yana bir tölqinlandi. Huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyevning «Doimiy propiska: taqiqmi yoki daromad? Inson huquqlari-çi?» nomli maqolasi ança şov-şuv böldi. Bu maqola ortidan aks-sado tarzida yana bir neça çiqişlar kuzatildi va mavzuga turli-tuman qaraşlar bayon qilindi. Ayniqsa, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Akmal Umirzoqovning öz sahifasida bu mavzuni muhokama qilaturib bunday tizim saqlanib qolmasa, jinoyatçilik ortib ketişini bildirgani, propiska böyiça çeklovlarga «inson huquqlari buzilişi sifatida qaraş, bizning nazarimizda mutlaqo xato yondaşuvdir» degani qizğin bahs-munozaralarni keltirib çiqardi.

Tabiiy savol tuğiladi – propiska tizimi qanday paydo bölgan va undan kim manfaatdor?

Har bir jarayon singari propiska (rasmiy huquqiy atamasi – doimiy yaşaş joyi böyiça qayd qiliş) tuşunçasi tuğilgunga qadar ham ma'lum bosqiçlar bosib ötilgan. Inqilobgaça bölgan Rossiya imperiyasi davrida barça hududlar rus zodagonlariga bölib berilgandi. Öşa paytlarda ham ozmi-köpmi migratsiya jarayoni keçar, ayrim dehqonlar unumdor yerlar va kattaroq daromad ilinjida boşqa hududlarga ba'zan köçib, ba'zan qoçib ketişardi. Bu holatning oldini oliş böyiça qat'iy çeklovlar qöyildi va har bir hududda yaşovçi işçi–dehqonlar öz sohiblarining yoki gubernatorning ruxsatisiz yaşab turgan hududlarini tark etişga haqlari yöq edi.

Biror sabab bilan boşqa hududga borişi şart bölgan dehqon öz hududidagi boşliğining yozma ruxsatini olişi kerak bölardi. Aynan mana şu qoğozlar keyinçalik pasportlarning ilk tamal toşiga aylandi. Fotografiya rivojlanmagan bir davrda pomeşçik öz qöl ostidagi dehqonning ism-şarifini keltirib, uning aslida kimning tasarrufida ekanini, qayerga, nima maqsadda va qança muddatga ketayotganini qoğozga tuşirar, şuningdek yölovçining şakl-şamoyilini, masalan soqolining uzunligi, yuzidagi xoli kabi yaqqol belgilarini qisqa tarzda bayon etardi.