Hukumat qarori bilan Yöl-patrul xizmati xodimlarining yöl harakati qatnaşçilari bilan özaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Adliya vazirligi telegram-kanalining yozişiça, nizomga muvofiq YPX xodimi xizmat vazifasini amalga oşirişda quyidagilarga majbur:
vazifalarini mobil videokameradan foydalanib olib boriş va bu haqida yöl harakati qatnaşçilariga ma'lum qiliş (2019 yil 1 iyuldan);
yöl harakati qatnaşçisi töxtatilganda uning oldiga boriş, özini taniştiriş, lavozimi, unvoni familiyasi haqida ma'lumot beriş hamda ularga “Siz” deb murojaat qiliş;
tibbiy yordamga muhtojlarni belgilangan joyga olib borişda fuqarolarga yordam körsatiş;
haydovçini tezlikni oşirgani haqidagi maxsus moslamaning körsatkiçlari bilan taniştiriş, talabiga köra moslamaning qiyoslaş sertifikatini körsatiş.
Yöl harakati qatnaşçilari mobil videokamerasiz faoliyat olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga ega (2019 yil 1 iyuldan).
Eslatib ötamiz, avvalroq belgilanmagan asoslar böyiça transport vositalarini töxtatib tekşiriş taqiqlangandi.
Bundan taşqari, YPX xodimi haydovçidan maşinadan çiqişni talab qilişi mumkin bölgan holatlar ham belgilandi.
Şuningdek, YPX xodimiga öz xizmat vazifalarini yaşirin usulda olib boriş taqiqlandi.













