Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Oq uy va Davlat departamenti vakillarini qabul qiladi
2018 yilning 9 dekabr kuni O‘zbekistonga AQSh davlat kotibining Afg‘onistondagi yarashish bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod va AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari, Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktor Liza Kyortis keldi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, AQSh delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.
Tashrif dasturiga ko‘ra, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh davlat kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelishi xabar berilgandi.