GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning jiyani Viktoriya Skripal sözlariga köra, Skripalning özi va uning qizi Yuliya Buyuk Britaniyada majburan uşlab turilibdi. Bu haqda u «Izvestiya»ga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Viktoriya Skripalning sözlariga köra, u 24 iyuldan beri qarindoşlari bilan telefon orqali boğlaniş imkonini topa olmayapti.

«London Yuliyani majburan uşlab turmayotgani haqida kim aytdi? Nima uçun rossiyalik diplomatlar va qarindoşlar ularning yoniga kiritilmayapti, nega televideniye orqali çiqiş qilişlariga ruxsat berilmayapti? Menimça, ular, katta ehtimol bilan, harbiy bazada, ommaviy axborot vositalaridan uzoqroqda, taşqi dunyodan ajratib qöyilgan holda uşlab turilibdi», - deydi u.

Şuningdek, uning taxminiga köra, Sergey va Yuliya Skripal özlari zaharlangan Solsberi şahri yaqinida joylaşgan Porton-Daun kimyoviy laboratoriya hududida uşlab turilgan bölişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq London Kremlga yaqin oligarxlarni belgilab olgani, Alişer Usmonov ham röyxatda ekani xabar qilingandi.